![](https://adti.uz/wp-content/uploads/2024/07/photo_2024-07-04_10-12-13.jpg)
Shokirova Sadoqatxon Muxammatsoliyevna tibbiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi
Shokirova Sadoqatxon Muxammatsoliyevnaning 14.00.15 – Patologik anatomiya va 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya ixtisosliklari bo‘yicha “Bepushtlikda tuxumdonning klinik-anamestik va morfologik ko‘rsatkichlari” mavzusidagi tibbiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun bajarilgan dissertatsiya ishini Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.04/30.09.2020.Tib.122.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengashida 2024-yil 2-iyul kuni muvaffaqiyatli himoya qildi.
Jamoamiz nomidan S.Shokirovani ushbu ilmiy yutuq bilan samimiy qutlab, oilaviy tinchlik-hotirjamlik, ilm yo’lida muvaffaqiyat tilaymiz!
Institutimizda olimlar safi yanada kengayaversin!