Ergashev Bobirjon Abdilxashimovich tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Ergashev Bobirjon Abdilxashimovich 14.00.31 – «Urologiya» ixtisosligi bo‘yicha «2 ta ilmiy markazni solishtirgan holda O‘zbekistonda qovuq rakini tashxislash va davolash imkoniyatlarini yaxshilash» mavzusidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun bajarilgan dissertatsiya ishini Kyoln universiteti urologiya klinikasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashida 2024-yil 17-sentabr kuni muvaffaqiyatli himoya qildi.