alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

RAHBARLAR VA TALABALAR UCHRASHUVI BOʻLIB OʻTDI

21:36 12.10.2021

Davolash fakultetining barcha 1-bosqich talabalari bilan rahbar va talabalar uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Ilmiy kengashlar zali hamda 2 ta maʼruza zallarida oʻtkazilgan uchrashuvda Ilmiy ishlar va innovatsiya boʻyicha prorektor Z.Salohiddinov, Davolash fakulteti dekani B.Mamatov, uning oʻrinbosarlari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida talabalarning darslarda faolligi, kiyinish madaniyati va salomlashish odobi borasida yana bir bor tushuntirib oʻtildi.

Shuningdek, yaqinlashib kelayotgan Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti saylovi, nomzodlar va ularning dasturlari borasida maʼlumot berilib, saylov jarayonlarida faol ishtirok etishlari taʼkidlab oʻtildi.

Uchrashuv soʻnggida talabalar ham oʻzlari qiziqtirgan savollariga fakultet dekani va prorektorlardan kerakli javob oldilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!