
Bugun, 3-may kuni ijtimoiy tarmoqdagi “Bastion” Telegram kanali orqali berilgan murojaatga munosabat.
Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz. Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida yuqori bosqich talabalariga amaliy mashg‘ulotlarni o‘tish o‘quv rejalariga asosan klinik va boshqa davolash profilaktika muassasalarida o‘tish nazarda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Andijon davlat tibbiyot instituti va uning klinikasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 25-noyabrdagi 713-sonli qaroriga muvofiq, klinika binolarida qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilayotganligi sababli, klinika bo‘limlari davolash profilaktika jarayonlarini hamda kafedralarda taʼlim jarayonini uzluksizligini va sifatini taʼminlash maqsadida Andijon shahrida joylashgan boshqa davolash profilaktika muassasalariga ko‘chirilgan.
Institut o‘quv binolarida faoliyat yuritayotgan oshxonalar sifati doimiy ravishda nazorat qilib kelinmoqda. Ushbu oshxonalarda nafaqat talabalar balki, institut professor-o‘qituvchilari va xodimlari ovqatlanmoqda, shikoyatlar mavjud emas.
Institut o‘quv binolarida internet to‘lqinini tarqatish maqsadida jami 159 dona Wi-Fi rotarlari joylashtirilgan. Institutning o‘quv va talabalar turar joylari binolarida internet tarmog‘ini uzatilishi bo‘yicha muammolar yo‘q.