Bugun, 26-iyun kuni ijtimoiy tarmoqdagi Telegram kanal orqali «Professorning o‘g‘liga ikkinchi xotin nikohlagan mulla jazolanadimi?» degan, savol ostidagi murojaatga munosabat.
Andijon davlat tibbiyot instituti ushbu holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.
Institutning barcha xodimlari faqatgina ish vaqtida va ishga oid bo‘lgan masalalarda institutning nazoratida bo‘ladi.
Professorning oilasida bo‘lgan holatda uning farzandi voyaga yetgan, mustaqil shaxs ekanligi bois institut ushbu voqea yuzasidan surishtiruv o’tkazishga vakolatli emasligini ma’lum qilamiz.