Bugun, 24-iyul kuni ijtimoiy tarmoqdagi Telegram kanal orqali Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimovning harakatlaridan norozi bo‘lib yo‘llangan murojaat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.
Mazkur holat bo’yicha o‘rganish ishlari olib borildi va quyidagilar aniqlandi.
Fuqaro M.Ahmadjonovaning shu va boshqa holatlar bo‘yicha yo‘llagan murojaati asosida huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, u tomonidan keltirilgan vajlar o‘z tasdig‘ini topmaganligi sababli ushbu holatlarga huquqiy baho berish uchun to‘plangan hujjatlar sud muhokamasiga yuborilgan va hozirda sud jarayonlari davom etmoqda.
Qo‘shimcha ma’lumorlar sud jarayoni yakunida ma’lum qilinadi.
Shu o‘rinda, bilgan holda boshqa shaxsni obro‘siga putur yetkazadigan uydirmalarni Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish orqali tuhmat qilish jinoiy javobgarlikka sabab bo’lishini eslatib o‘tamiz.