RASMIY MUNOSABAT – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

RASMIY MUNOSABAT

13:00 01.09.2024

Bugun, 1-sentabr kuni ijtimoiy tarmoqdagi Telegram kanal orqali Andijon davlat tibbiyot instituti xodimlaridan bir kunlik ish haqi miqdoridagi mablag‘ni buyruq asosida umumxalq xayriya hashariga o‘tkazib berayotganligi bo‘yicha yo‘llangan murojaat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Mazkur holat bo’yicha o‘rganish ishlari olib borildi va quyidagilar aniqlandi. Xabaringiz bor, Davlatimiz mustaqilligining 33 yillik bayramini nishonlashga munosib tayyorgarlik ko’rish, mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalarini obodonlashtirish tadbirlarini amalga oshirish, sog‘lom turmush tarzi hamda sanitariya-gigiyenik madaniyatni targ‘ib qilish, shuningdek, aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, joriy yilning 24-25-avgust kunlari «Mahalla obod-yurt obod!» shiori asosida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi.

Unda barcha yurtdoshlarimiz qatori institut jamoasi ham Vatanimiz obodligi, atrof-muhitni ozoda saqlashga o’z xissalarini qo’shdi. Shu bilan birga xodimlarga bir kunlik ish haqi miqdoridagi mablag‘ni mazkur xayriya hashari uchun o‘tkazish taklif etildi va ixtiyoriy ravishda arizalar qabul qilindi. Mazkur jarayonda majburlash holatlari kuzatilmadi.

Skip to content Click to listen highlighted text!