![](https://adti.uz/wp-content/uploads/2022/01/photo_2022-01-07_08-42-04.jpg)
Andijon viloyati Baliqchi tumani Shoʻr MFY, Guldiyor koʻchasi 138-uyda yashovchi fuqaro Raxmonov Akbarali Ismonovichning ijtimoiy tarmoqlardagi murojaatiga rasmiy munosabat
Andijon davlat tibbiyot instituti masʼul xodimlari tomonidan Andijon viloyati, Baliqchi tumani, Shoʻr MFY, Guldiyor koʻchasi 138-uyda yashovchi fuqaro Raxmonov Akbarali Ismonovichning ijtimoiy tarmoqlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga ishonch telefoni orqali kelib tushgan 844769/21-tartib raqamli murojaati Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 24- va 27- moddalari tartibida oʻrganib chiqildi.
Murojaat muallifi bilan suxbatlashilganda u jarroxlik amaliyotidan soʻng qulogʻidan yiring kelishi, chap yuzini qiyshayishi, chap koʻzining koʻrish qobiliyati susayganligini , avvalgi murojaatlari boʻyicha unga yordam koʻrsatilmaganligini bildirib, jarroxlik amaliyoti oʻtkazgan vrachga nisbatan chora koʻrilishini soʻragan.
Murojaat muallifiga qayta tashxisdan oʻtishi va xolatga aniqlik kiritish lozimligi aytilganda u tashxislarni Toshkent shaxrida oʻtkazishini, u yerga borib-kelish, tashxis va davolanish xarajatlarini aybdorlar tomonidan qoplanishini soʻragan.
Raxmonov Akbarali Ismonovichga u soʻragan mablagʻni undirib berishga institutning vakolati yoʻqligini, koʻrgan moddiy va maʼnaviy zararlarini aybdorlardan undirish va ularga nisbatan chora koʻrish uchun yuqori tashkilotlarga va sudga murojaat qilishi ogʻzaki va yozma ravishda tushuntirilgan.
Shuni ham alohida taʼkidlash lozimki, surunkali yiringli epimezotimpanit xoleostetoma bilan kasallangan bemorlarda bosh miya asoratlari, yuz nervining falaji va boshqa asoratlar uchraydi. Yuz nervi falaji bilan surunkali otitlarda esa bu koʻrsatkich 15-20% ni , jarrohlik tufayli yuz nervi asorati esa 0,5-1% tashkil qiladi.
Bemor tomonidan qilinayotgan shikoyatlardan kelib chiqqan holda u Andijon davlat tibbiyot instituti rektori buyrugʻiga asosan boshqa LOR mutaxassislar tomonidan tekshirilib, xulosalar qilingan. Agar bemor oʻtkazilgan xulosalardan ham qoniqish hosil qilmagan taqdirda qayta LOR mutaxassisilariga murojaat qilishi mumkin.