alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

RASMIY MUNOSABAT

11:02 15.02.2023

2023-yil 14-fevral kungi Namangan Muhandislik instituti 3-bosqich talabasi imtihondan yiqilganligi uchun oʻzini yoqib yuborganligi toʻgʻrisidagi xabarga Andijon davlat tibbiyot institutining RASMIY MUNOSABATI.

Oʻsmirlik davrida yigit-qizlarning qarovsiz qolishi, turli nobop yoʻllarga kirishi, salbiy fikrlaydigan insonlar bilan doʻst tutinishi, mast qiluvchi ichimliklar va giyohvand moddalarga berilib qolishi, oʻz joniga qasd qilishning koʻpayishiga sabab boʻladi. Albatta, yoshlar tarbiyasiga uyda ota-onasi, oʻquv muassasalarida esa ustozlar masʼul hisoblanadi.

Andijon davlat tibbiyot institutida taʼlim-tarbiyani rivojlantirish, ilm-fan va innovatsiyalarni takomillashtirish, sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish boʻyicha tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, institutning har bir fakultet dekanlari, yoshlar masalalari boʻyicha dekan oʻrinbosarlari, kafedra mudirlari, kafedralardagi maʼnaviyat masʼullari hamda har bitta talaba bilan manzilli hamda individual shugʻullanuvchi tyutorlar tomonidan doimiy nazorat ostiga olingan. Tyutorlar tomonidan nazorat qilishning qulay boʻlishi uchun talabalarning alohida Telegram guruhlari ochilgan. Ushbu guruhga har bir talaba tomonidan shaxsiy, oilaviy hamda oʻquv jarayonidagi muammolar boʻyicha profilaktik ishlar amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, talaba darslarni oʻz vaqtida oʻzlashtira olmasa, unga fakultetlar dekanlari hamkorligida  fanlarni qayta oʻzlashtirishi uchun yetarlicha imkoniyatlar yaratib beriladi.

Institutda yuqoridagi kabi salbiy holatlarni oldini olish maqsadida guruh tyutorlari hamda institut psixologi tomonidan har oyda bir marotaba ijtimoiy-psixologik soʻrovnomalar hamda treninglar oʻtkazilib kelinadi, unda talabalarni psixologik ruhiy jihatdan ozod qilish, unda tabiiy erkinlikni his etishi hamda oʻz guruhida va undan tashqarida oʻzaro munosabat va aloqa oʻrnata olishi doimiy nazorat qilinmoqda. Qolaversa, talabalarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida darsdan soʻng turli xildagi toʻgaraklar faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, Talabalar turar joyi hamda ijara xonadonlarida yashovchi talabalar doimiy nazorat qilib boriladi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!