Rasmiy tashrif: Era universiteti delegatsiyasi ADTIda! – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Rasmiy tashrif: Era universiteti delegatsiyasi ADTIda!

18:26 11.09.2025

Bugun, 11-sentabr, kuni Hindiston Respublikasining Lucknow shahrida joylashgan Era universiteti vakillari — bosh direktor Ali Khan va tibbiyot fakulteti dekani Muhammad Faridi institutimizga rasmiy tashrif bilan keldi. Mehmonlarni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov va  yo‘nalish rahbarlari kutib olishdi.

Uchrashuv davomida mutaxassis va talabalar almashinuvi, simulyatsion ta’lim bo‘yicha hamkorlik, shuningdek, boshqa yo‘nalishlardagi o‘zaro manfaatli masalalar yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Era universiteti bosh direktori institut jamoasiga o‘z universiteti imkoniyatlari haqida taqdimot o‘tkazdi.

Ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi, natijada institutimiz professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun Hindistondagi hamkor klinikalarda malaka oshirish imkoniyatlari yaratildi.

Uchrashuvning rasmiy qismidan so‘ng mehmonlar ADTI klinikasi va simulyatsion markazi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Skip to content