![REGBI SPORT TURIDА MАKTАB OʼQUVCHILАRI VА UYUSHMАGАN YOSHLАR](https://adti.uz/wp-content/uploads/2021/06/photo_2021-06-02_16-44-30.jpg)
Regbi sport turi yoshlar oʼrtasida ommalashib bormoqda. Аndijon shahridagi 5-umumtaʼlim maktabi, Buloqboshi tumanidagi 4- va 24-umumtaʼlim maktabi, Oltinkoʼl tumanidagi 9-umumtaʼlim maktabining oʼquvchilari hamda АDTIga biriktirilgan mahallalarning uyushmagan yoshlari oʼrtasida regbi sport turi boʼyicha oʼrtoqlik uchrashuvlari oʼtkazildi. Mazkur musobaqada oʼynagan oʼyinchilar gʼoliblik uchun emas, kuch-gʼayratlarini namoyish etish uchun kurashdilar. Oʼyin yakunida faol ishtirokchilar institut tomonidan munosib taqdirlandilar.