Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

REKTOR «A’LAM» MAHALLASI AHOLISI BILAN UCHRASHDI

17:59 21.09.2024

Bugun, 21-sentabr kuni “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturiga asosan Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov boshchiligida mas’ullar institutga biriktirilgan Baliqchi tumanidagi “A’lam” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi oila vakillari bilan uchrashib, ularning holidan xabar oldi.

Rektor xonadon vakillari bilan suhbat jarayonida ularning muammolarini tingladi. Shuningdek, qo‘shimcha daromad topish choralarini ko‘rish bo‘yicha ularning istaklari va fikr-mulohazalariga quloq tutdi.

Uchrashuvlar davomida mahalla faollari bilan biriktirilgan oilalarning muammolarini ijobiy yechish, turmush sharoitini yaxshilash va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha rejalashtirildi.

 

 

Skip to content Click to listen highlighted text!