Xabaringiz bor, Prezidentimiz raisligida “Mahallalarda aholi bandligini taʼminlash, daromadini oshirish va kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha” o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab bergan vazifalaridan kelib chiqib, viloyat hokimi Sh.Abdurahmonovning topshirig‘iga asosan qizil toifadagi mahallalar aholisiga ko‘maklashish, bandligini ta’minlash, muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish yuzasidan izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Andijon davlat tibbiyot institutiga Andijon shahridagi “Binokor” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 12 ta aholi yashaydigan ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolar biriktirilgan bo‘lib, mas’ullar tomonidan ularning yashash sharoitlari va muammolari doimiy tarzda o’rganib kelinmoqda.
Jumladan, bugun 23-yanvar kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov aholi vakillari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazdi.
Ma’lumot o‘rnida, bugungi kun holatiga koʼra, mahallada jami 1066 ta oila va 27 nafar ishsiz aholi mavjud boʼlib, shundan, 10 ta xonadon kambagʼal oila toifasiga mansub.
Institut rektori va masʼullar tomonidan shu kunga qadar jami 1002 ta oila bilan uchrashuvlar oʼtkazilib, mazkur uchrashuvlar natijasida ishlash istagini bildirgan 9 nafar fuqarolardan 5 nafarining bandligi taʼminlandi. Imtiyozli kredit olish istagini bildirgan 5 nafar fuqarolardan 5 tasiga 45 mln.soʼm kreditlar ajratildi.
Tibbiy xizmat doirasida 300 ga yaqin mahalliy fuqarolar tibbiy koʼrikdan oʼtkazildi va tibbiy xizmatga muxtoj 20 nafar fuqarolardan 20 nafariga tibbiy xizmatlar koʼrsatildi. Kasb-hunarga oʼqish istagini bildirgan 3 nafardan fuqarolardan 3 nafari axborot texnologiyalari yoʼnalishi boʼyicha institutning malakali mutaxassislariga oʼqish uchun biriktirildi. Tibbiyot yoʼnalishi boʼyicha oliy taʼlimda oʼqish istagida boʼlgan 3 nafardan yoshlardan 3 nafari institut qoshidagi toʻgataklarga kimyo va biologiya yoʼnalishlari boʼyicha imtiyozli tardibda biriktirildi.