Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

REKTOR BIRINCHI BOSQICH TALABALARI BILAN UCHRASHDI

17:54 12.09.2024

Bugun, 12-sentabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov joriy 2024/2025-o‘quv yilida institutga talabalikka tavsiya etilgan yoshlar bilan uchrashdi.

Unda rektor dastlab, yoshlarni o‘qib, o‘rganib talabalik baxtiga erishganlari bilan samimiy tabrikladi. Institutda o‘qish davomida ham talabalarning ilm o‘rganish, sohada yangiliklar yaratish va yutuqlarga erishishlari, buning natijasida esa mamlakatimiz tibbiyot sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shishlari muhim ekanligini ta’kidladi.

  • Kitob – shifokor uchun eng yaxshi do‘st. Shu boisdan siz doimo ilm o‘rganib, sohaga oid yangiliklardan xabardor bo‘lsangiz ishonamanki, sohaning eng yaxshi mutaxassisi bo‘lib yetishasiz – dedi, rektor.

Shu bilan birga suhbat davomida talabalarga tibbiyotga oid jahondagi yangiliklar, tadqiqotlardan xabardor bo‘lishlari uchun axborot texnologiyalari hamda xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirishlari foydali ekanligi aytib o‘tildi. Bu yoshlarga jahon miqyosida katta imkoniyatlar eshigini ochishi alohida e’tirof etildi.

Muloqot davomida talaba-yoshlarga institut ichki tartib-qoidalari, kiyinish madaniyatiga rioya qilishga oid muhim eslatmalar aytib o‘tildi. Samimiy muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.

Skip to content Click to listen highlighted text!