Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Farmatsiya hamda Pediatriya fakulteti 1-bosqich talabalari bilan uchrashdi.
Uchrashuv avvalida rektor yoshlarni talabalar safiga qo‘shilganliklari bilan samimiy qutladi. O‘qish davomida bilimlarni yaxshi o‘zlashtirish va ularni mustahkamlab borishda muhim bo‘lgan tavsiyalarni aytib o‘tdi.
Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini besamar o‘tkazmasliklari va sohaga oid yangliklar, olimlarning izlanishlaridan xabardor bo‘lib borishlari uchun institutda barcha sharoitlar mavjudligi, Axborot texnologiyalari va Axborot resurs markazi shay holda ekanligi ta’kidlandi. Bunda faqatgina talabalar unumli foydalangan holda bilimlarini boyitishlari mumkinligi haqida so‘z yuritildi.
Shu bilan birga, nazariy bilimlarni amaliyotda mustahkamlash uchun Simulyatsiya markazi faoliyati ham tanishtirib o‘tildi. Talabalarga odob-axloq, institut ichki tartib-qoidalariga rioya qilish, kiyinish madaniyatiga oid muhim eslatmalar ham aytib o‘tildi.