Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

REKTOR DARS JARAYONLARI BILAN TANISHMOQDA

10:58 17.09.2024

Bugun, 17-sentabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov institutning yangi 2000 o‘rinli o‘quv binosida o‘tkazilayotgan dars jarayonlari bilan tanishdi.

Unda rektor kafedralarda o‘tkazilayotgan dars jarayonlarining sifati, talabalarning darsdagi faolliklari, darslarni interfaol usullarda olib borish, yoshlarning o‘z ustida ishlashi to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, talabalarga institutdagi tartib qoidalar, kiyinish odobi, darsdan so‘ng bo‘sh vaqtlarni mazmunli tashkil etish, ustoz-shogirt an’anasini yanada mustahkamlash, salbiy illatlar ta’siriga tushib qolmaslik borasida ham ma’lumotlar berildi.

Muloqot so‘nggida talabalar va professor-o‘qituvchilar mavzu borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!