alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

REKTOR GRUZIYALIK ENDOKRINOLOGLAR BILAN UCHRASHDI

21:48 20.05.2024

Joriy yilning 20-may kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Gruziya Respublikasi Tbilisi shahridagi Gruziya qon-tomir kasalliklari reabilitatsiyasi va prevention assotsiatsiyasi prezidenti Klimiashvili Zurab Giorgadze va Endokrinologiya Milliy instituti tibbiyot fanlari doktori, professor E.R.Giorgadze bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida mehmonlarga institut haqida batafsil ma’lumot berildi. Undagi fakultetlar, talabalar soni, ularning sifatli ta’lim olishlari, amaliyotda o‘z bilimlarini mustahkamlashlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi. Institut hayoti aks etgan videorolik namoyish etildi.

Shundan so‘ng, tomonlar hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro tajriba va bilim almashish, birgalikda ilmiy ishlarni amalga oshirish yuzasidan fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.  Kelajakda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!