Bugun, 22-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M.Madazimov Marhamat tumanidagi “Qovunchi” mahallasida istiqomat qilayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning xonadonlarida boʻldi. Unda yoshlar va ularning ota-onalari bilan suhbatlashdi hamda turmush sharoitlari bilan tanishdi.
Institut rektori yigit-qizlar, xonadon egalarining muammolarini eshitdi va ularning aksariyati joyida hal etildi. O‘rganish va vaqt talab etiladigan muammolar yuzasidan nazorat o‘tkazish hamda ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Shuningdek, institut rahbari hech bir yosh e’tibordan chetda qolmasligi va ularga sharoit yaratib berish, qo‘llab-quvvatlash yo‘lida doim birga bo’lishini bildirdi.