Skip to content REKTOR INSTITUT KLINIKASI YANGI BO‘LIMLARINING HAMDA KLINIKADAGI QURILISH ISHLARI BILAN TANISHDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

REKTOR INSTITUT KLINIKASI YANGI BO‘LIMLARINING HAMDA KLINIKADAGI QURILISH ISHLARI BILAN TANISHDI

15:54 10.07.2025

Xabaringiz bor,  joriy yilning 15-16-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatimizga bo‘lgan tashrifida Prezidentimiz tibbiyotda Andijon brendini yaratish bo‘yicha barcha imkoniyatlar borligini taʼkidladi. Bu borada o‘tgan yili 650 o‘rinli klinika Andijon davlat tibbiyot instituti balansiga o‘tkazilib, uni taʼmirlash va jihozlashga 180 milliard so‘m berildi. Bu 11 ming talabaga bir vaqtni o‘zida ham o‘qish, ham amaliyot o‘tash imkonini beradi. Institutimizdagi simulyatsion markazda tibbiyot xodimlari malakasini 2 bosqichda baholash tizimini yo‘lga qo‘yish, klinika yoniga travmatologiya, pediatriya va jarrohlik, ginekologiya bo‘limini qurib, klasterga aylantirish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlangan edi.

Bugun, 10-iyul kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan klinikaning yangi qurilishi boshlanayotgan 5 ta bo‘limlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Bular, Ginekologiya, Travmatologoiya, Bolalar jarrohligi,  Rekonstruktiv jarrohlik va Pediatriya bo‘yicha o‘quv-amaliyot bo‘limlaridir.

Rektor jarayonlar bilan tanishib, har bir bo‘limga o‘ziga xos tarzda yondoshish, qurilish ishlarini jadallashtirish borasida mas’ullarga ko‘rsatmalar berdi.

Shuningdek, institut klinikasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berdi.

adti.uz
Would like to send you notifications