
Bugun, 11-iyun kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov institutning 2-o‘quv binosida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Tabiat ne’matlaridan oqilona foydalanish, ekin maydonlaridan unumli foydalanish, parvarishlash tabiatga foydali bo’lishi bilan birga insonlar organizmiga ham foydali hisoblanadi.
Shu boisdan institutning binolari hududini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari jadal olib borilmoqda. Institut rektori amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirar ekan mas‘ullarga ishlarni jadallashtirish borasida topshiriqlar berdi.