Futbol sport turi dunyo miqyosida ko‘plab muxlislarga ega bo‘lgan sport turlaridan biri hisoblanadi.
Andijon davlat tibbiyot institutida ham futbolga qiziquvchi va hatto yashil maydonda ham mahoratli bo‘lgan xodimlar talaygina.
Ularning bir guruhi bugun o‘tkazilgan mini futbol bo‘yicha musobaqada ishtirok etdi. Unda Institut rektori M.Madazimov boshchiligidagi xodimlar jamoasi va Pediatriya fakulteti jamoasi g‘oliblik uchun «to‘p surdi».
Shiddatli kechgan o‘yin yakunida jamoalar 5:4 hisobida natija ko‘rsatdi. Unga ko’ra, Pediatriya fakulteti jamoasi g‘olib bo‘ldi.
Yakunda, nafaqat salomatlik uchun foydali balki, mazmunli hordiq uchun ham ma’qul bo‘lgan bu kabi musobaqalarni davom ettirish taklifi berildi.