alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

REKTOR KUBOGI “QOʻSHCHI” JAMOASIGA NASIB ETDI

17:38 09.04.2022

Boʻsh vaqtlarida turli sport oʻyinlarini oʻynab turadigan marhamatlik yoshlar bugun Erkin Vohidov nomidagi shaxmat maktabida jam boʻldilar. Boisi maktabda mahallalardagi uyushmagan yoshlar oʻrtasida tashkil etilgan “Andijon davlat tibbiyot instituti rektori kubogi uchun” voleybol sport turi boʻyicha musobaqada bellashdilar.

Musobaqada Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor v.v.b. S.Salohiddinov soʻz olib, institutga Marhamat tumani biriktirilganligi, marhamatlik yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga institut jamoasi tayyor ekanligini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida o’tkazilgan oʻyinda 8 ta jamoa: “Doʻstlik”, “Qushchi”, “Alitepa”, “Shoʻrqaqir”, “Ershi”, “Birlik”, “Yuqori rovvot”, “Paxtakor” MFYning yoshlari ishtirok etdi. Jarayonlarni maktabning yetakchi mutaxassislari kuzatib, baholab bordilar.

Chapdastlik va zukkolikni talab etgan oʻyin yigitlarni murosasiz kurashga chorladi. Barcha jamoa aʼzolari gʻoliblik uchun astoydil harakat qildilar.

 

Yakuniy natijalarga koʻra, 1-oʻrin “Qoʻshchi” jamoasiga, 2-oʻrin “Paxtakor” jamoasiga, 3-o’rin esa “Yuqori rovvot” jamoasiga nasib etdi. Gʻoliblar institutning diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!