Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

REKTOR MAHALLA YOSHLARI BILAN UCHRASHDI

16:54 15.10.2024

Xabaringiz bor, mamlakatimizda yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimi joriy etilishi natijasida ularning muammolari bevosita oʻz mahallalarida hal etib borilmoqda.

Jumladan, 2024-yilda amalga oshirilishi belgilab olingan davlat dasturiga asosan, “Yoshlar balansi” asosida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ishtirokidagi korxona va tashkilotlar hamda oliy taʼlim muassasalarining rahbarlariga “ogʻir” toifadagi, shuningdek, isteʼdodli va iqtidorli yoshlar nomma-nom biriktirilgan.

Andijon davlat tibbiyot institutiga Marhamat tumanidagi “Qovunchi” mahallasida  istiqomat qiluvchi 26 nafar yoshlar biriktirilgan bo‘lib, ular bilan doimiy ravishda uchrashuvlar oʻtkazilib, muammolari oʻrganilmoqda.

Bugun, 15-oktabr kuni ham institut rektori M.Madazimov mahallada yashovchi S.Valiyev, O.Muhammadjonov, A.Abduvoitovning  xonadonida bo‘lib, ular bilan suhbatlashdi. Uchrashuv davomida har bir yoshning fikri eshitilib, shunga asosan manzilli ishlar olib borish boʻyicha vazifalar belgilandi. Salomatligini tiklash maqsadida bo‘lgan yoshlarni davolanishlari uchun yo‘llanmalar  berish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!