REKTOR: “MAQSADLARNI HAMISHA KATTA OLING VA ULARGA ERISHISHDA O‘QIB-IZLANISHDAN TO‘XTAMANG!” – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

REKTOR: “MAQSADLARNI HAMISHA KATTA OLING VA ULARGA ERISHISHDA O‘QIB-IZLANISHDAN TO‘XTAMANG!”

13:47 21.01.2025

Bugun, 21-yanvar kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov talabalar bilan uchrashib, ochiq muloqot o‘tkazdi. Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, fakultetlar dekanlari, tyutorlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda rektor talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari, darslar davomida olgan bilimlarini doimiy tarzda mustahkamlab borishlari, bunda eng asosiy jihatlardan biri bu axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lish, shaxsiy elektron kutubxona yaratish va xorijiy tillarni o‘rganish ekanligini ta’kidladi. Shu orqali talabalar bilimlarini yanada boyitib borishlari va yetarli darajadagi xorijiy til bilish sertifikatiga erishish orqali qo‘shimcha stipendiya olishlari, o‘qishni magistratura bosqichida davom ettirish mumkinligi haqida aytib o‘tdi.

Qolaversa, bu bilan institutning xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalarida ham tajriba va malaka oshirish imkoniyati ortishi haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, yangi 2000 o‘rinli o‘quv binosi, Markaziy ilmiy tekshirish laboratoriyasi sharoitlari, institut klinikasining qurilish ishlari va uning foydalanishga topshirilishi talabalarning nazariya va amaliyotni uyg‘un holda olib borishlari uchun juda katta imkoniyat ekanligini alohida ta’kidladi.

  • Har bir darslarga e’tiborli bo‘ling. Chunki, har bir olgan bilimingiz kelajakda as qotishi tabiiy. Ustozlaringizni hurmat qiling va ulardan o‘rnak oling. Iqtidoringizni rivojlantiring, sizni qo‘llab-quvvatlash uchun esa barcha imkoniyatlar yetarli. Maqsadlarni hamisha katta oling va ularga erishishda o‘qib-izlanishdan to‘xtamang, – dedi institut rektori.

Shuningdek, mamlakatimizda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ayniqsa, oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari bandligini taʼminlash, yosh mutaxassislarning samarali faoliyat olib borishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish boʻyicha keng koʻlamli ishlar olib borilayotgani, bu borada institutda ham ko‘plab ishlar amalga oshirilayotgani alohida qayd etildi.

Suhbat so‘nggida yoshlarga institut tartib qoidalari, kiyinish madaniyati, ustozlar va tengdoshlarga bo‘lgan hurmatni oshirish, darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, Talabalar turar joyida tashkil etilgan fan, sport, kasb-hunar to‘garaklarida ishtirok etish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol bo‘lish borasida ham so‘z olib borildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!