Bugun, 2-iyul kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov mas’ullar ishtirokida yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazishda amalga oshiriladigan ishlarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Unda prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultetlar dekanlari va tyutorlar ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida joriy yilning 28-iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan muhim vazifalarni amalga oshirish yuzasidan rejalar belgilab olindi.
Talaba-yoshlarning yozgi ta’tilni maroqli o‘tkazishlari, bilimlarini yanada boyitishlariga ko‘maklashish bo‘yicha qator takliflar muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbir davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i S.Asqarov so‘z olib, korrupsiyaning salbiy oiqibatlari haqida so‘z yuritdi va yig‘ilish qatnashchilarini qabul jarayonlarida korrupsion holatlarga bilib bilmay aralashib qolmasliklari yuzasidan tushunchalar berdi.