Xabaringiz bor, mamlakatimizda yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimi joriy etilishi natijasida ularning muammolari bevosita oʻz mahallalarida hal etib borilmoqda.
Jumladan, 2024-yilda amalga oshirilishi belgilab olingan davlat dasturiga asosan, “Yoshlar balansi” asosida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ishtirokidagi korxona va tashkilotlar hamda oliy taʼlim muassasalarining rahbarlariga “ogʻir” toifadagi, shuningdek, isteʼdodli va iqtidorli yoshlar nomma-nom biriktirilgan.
Andijon davlat tibbiyot institutiga Marhamat tumanidagi “Qovunchi” mahallasida istiqomat qiluvchi 26 nafar yoshlar biriktirilgan bo‘lib, ular bilan doimiy ravishda uchrashuvlar oʻtkazilib, muammolari oʻrganilmoqda.
Bugun, 10-iyul kuni ham institut rektori M.Madazimov “qizil toifa”ga kiritilgan, xorijda mehnat qilib qaytgan mahalla yoshlari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida har bir yoshning fikri eshitilib, shunga asosan ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, ish bilan ta’minlash va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun aniq, manzilli ishlar olib borish boʻyicha vazifalar belgilandi.
Shu bilan birga, ayni paytda xorijda mehnat qilayotgan mahalla yoshlari bilan onlayn tarzda muloqot o‘tkazilib, ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berildi.