Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

REKTOR O‘QUV BINOLARIDAGI DARS JARAYONLARI BILAN TANISHDI

12:11 10.09.2024

Barcha oliy ta’lim muassasalari qatori Andijon davlat tibbiyot institutida ham yangi 2024/2025-o‘quv yili boshlandi. Mazkur o‘quv yili ayniqsa, 1-bosqich talabalari uchun juda quvonchli. Boisi, ular yillar davomida o‘qib, o‘rganib, talabalik baxtiga erishdilar.

Birinchi bosqich talabalarini institut bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Birinchi kurs maktabi” tashkil etilgan. Bugun, 10-sentabr kuni institut rektori M.Madazimov mazkur “Birinchi kurs maktabi” doirasida amalga oshirilayotgan jarayonlar bilan yaqindan tanishdi.

Shu bilan birga, institutning ikkinchi va uchinchi o‘quv binolarida o‘tkazilayotgan dars jarayonlarini ko‘zdan kechirib, talabalar bilan suhbatlashdi. Unda talabalarga ustozlar tomonidan berilayotgan bilimlarni yaxshi o‘zlashtirishlari, darslardan so‘ng ham olingan saboqlarni mustahkamlash yoshlarning kelajakda o‘z kasblarini yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishlarida muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

Shu bilan birga talabalarning institut ichki tartib-qoidalari, kiyinish madaniyatiga rioya qilishlari yuzasidan ham tushuntirib o‘tildi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!