Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov boshchiligidagi institut delegatsiyasining Amerika Qo‘shma Shtatlariga bo‘lgan xizmat safari davom etmoqda.
Safar doirasida vakillarimiz qator manzillarda bo‘lib, hamkorlik masalalarida uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Hamkorlik memorandumlari imzolanmoqda.
Institut rektori boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bugun, 20-avgust kuni O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasiga tashrif buyurdi.
Ularni elchining Fan-ta’lim, tibbiyot va iqtisodiyot sohalari bo’yicha kotibi kutib oldi va binoning tarixi bilan tanishtirdi. U yerdan o‘rin olgan o‘zbek milliy liboslari, chinni va sopol idishlar kabi milliy san’at namunalarini yurtimiz boy madaniy merosining AQSHdagi bir kichik namoyishi sifatida e’tirof etildi.