REKTOR PEDIATRIYA VA DAVOLASH FAKULTETI TALABALARI BILAN UCHRASHDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

REKTOR PEDIATRIYA VA DAVOLASH FAKULTETI TALABALARI BILAN UCHRASHDI

13:44 23.02.2026

Bugun, 23-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M. Madazimov tomonidan institutning bir qator muhim kafedralarida uchrashuvlar tashkil etildi. Jumladan, Yuqumli kasalliklar, Psixiatriya, narkologiya, tibbiy psixologiya va psixoterapiya hamda 2-Fakultet va gospital jarroxlik kafedralarida bo‘lib o‘tgan muloqotlarda Pediatriya va Davolash fakultetining 3- va 5-bosqich talabalari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida talabalarning ta’lim jarayonidagi faolligi, bilim va ko‘nikmalarni puxta egallashi, kelajakda yetuk va malakali shifokor bo‘lib yetishishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Rektor o‘z so‘zida darslarda faol qatnashish, mustaqil ta’limni kuchaytirish hamda amaliy mashg‘ulotlarga jiddiy yondashish muhimligini ta’kidladi.

Shuningdek, yoshlarni turli salbiy illatlardan yiroq bo‘lishga, bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali o‘tkazishga chaqirdi. Talabalarga fan va hunar to‘garaklari, sport mashg‘ulotlari hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etish tavsiya etildi. Bu esa ularning nafaqat kasbiy, balki shaxsiy rivojlanishiga ham xizmat qilishi qayd etildi.

Muloqot jarayonida institutda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, jumladan, zamonaviy elektron kutubxona imkoniyatlaridan samarali foydalanish zarurligi alohida urg‘ulandi. Ta’lim sifatini oshirishda dual ta’lim tizimi muhim o‘rin tutishi, nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirgan holda olib borilayotgan mashg‘ulotlarda muntazam qatnashish har bir talabaning asosiy vazifasi ekani ta’kidlandi.

Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. Bunday muloqotlar yoshlarning mas’uliyatini oshirish, ularni kasbiy yetuklik sari ruhlantirish hamda ta’lim jarayonida yanada faol bo‘lishga undashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Skip to content