REKTOR STOMATOLOGIYA FAKULTETI BITIRUVCHILARI VA ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

REKTOR STOMATOLOGIYA FAKULTETI BITIRUVCHILARI VA ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI

16:22 12.02.2026

Bugun, 12-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot institutida Stomatologiya fakultetining 138 nafar bitiruvchi bosqich talabalari va ish beruvchilar bilan institut rektori M.Madazimovning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv samimiy va ochiq muloqot tarzida tashkil etilib, unda talabalarning ta’lim jarayoni, bandligiga oid muhim masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida rektor talabalarning bandligini ta’minlash masalasiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Ta’kidlanganidek, bugungi kunda yoshlarning nafaqat sifatli ta’lim olishi, balki bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda institut tomonidan turli tashabbuslar amalga oshirilmoqda.

Tadbirda “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-61 son qarori ijrosini ta’minlash, respublika oliy ta’lim tashkilotlarida “Kelajakka qadam” markazininng hududiy bo‘linmalarni tashkil etish orqali bitiruvchi talabalarni o‘zini-o‘zi band qilishi va ishga joylashishga ko‘maklashish maqsadida bitiruvchi bosqich talabalari orasida tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va biznes g‘oyalari mavjud bo‘lgan talabalarning loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish hamda biznes g‘oyalari tayyor bo‘lgan talabalarga kredit ajratish bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Bitiruvchi yoshlarni imtiyozli hududlarga yo‘naltirish, ularning bandligini ta’minlash, hududlardagi bo‘sh ish o‘rinlariga tor soha mutaxassislarini jalb qilish masalalari muhokama qilindi. Mazkur muloqotda viloyatdagi tibbiyot muassasalarining mutaxassislari stomatologiya bo‘yicha mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirdi va talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Uchrashuvda institutning ichki tartib-qoidalari, kiyinish madaniyati hamda dual ta’lim asosida tashkil etilayotgan dars jarayonlarida faol ishtirok etish masalalari ham muhokama qilindi.

Skip to content