Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

REKTOR VA BITIRUVCHI TALABALAR UCHRASHUVI DAVOM ETMOQDA

18:02 11.03.2022

Har bir fakultetning bitiruvchi talabalari bilan suhbat olib borayotgan Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov yoshlarning tashabbus va gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlamoqda. Bu borada tegishli boʻlimlarga topshiriq va vazifalar bermoqda.

Bu gal olib borilgan suhbat davomida ham talabalarga Prezidentimiz tomonidan oliy taʼlim muassasalari talabalari bandligini taʼminlash orqali ularning turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilab berilgan vazifalar va yoshlarga yaratiladigan imkoniyatlar bilan yana bir bor tanishtirib oʻtdi.

Erkin uchrashuvda talabalar oʻzlari qiziqqan sohalari, qoʻshimcha daromad topish uchun fan, sport, tikuvchilik, pazandachilik kabi toʻgaraklar tashkil etish istagi borligini bildirdilar. Shuningdek, joylarda amaliyot oʻtash barobarida faoliyat olib borayotgan talabalar bilan ham suhbatda ishtirok etib, oʻzlarining mamnunliklarini aytib, yana bir qator takliflari bilan ham oʻrtoqlashdilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!