Skip to content REKTOR VA BITIRUVCHILAR UCHRASHUVI DAVOM ETMOQDA – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

REKTOR VA BITIRUVCHILAR UCHRASHUVI DAVOM ETMOQDA

19:11 18.02.2025

Bugun, 18-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov joriy yilning 13-fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida olimpiya va paralimpiya harakatini yana-da rivojlantirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi hamda 14-fevral kuni Davlatimiz rahbarining mamlakatimiz yoshlari bilan o‘tkazgan muloqotidan kelib chiqib, viloyat hokimi Sh.Abdurahmonovning belgilab bergan topshirig‘iga asosan Qo‘rg‘ontepa, Izboskan, Andijon tumanlarida yashovchi bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrashib, muloqot o‘tkazdi. Unda prorektorlar, fakultetlar dekanlari va talabalar bandligini ta’minlash bo‘yicha mas’ullar ishtirok etdi.

Dastlab, Prezidentimizning yig‘ilish davomida yoshlarga bildirgan ishonchi, har bir tashabbus qo‘llab-quvvatlanayotgani, uchrashuv davomida aytib o‘tilgan yangiliklar borasida so‘z yuritildi. Institutning Talabalar turar joyida doimiy tarzda sport to‘garaklari va qator sport musobaqalari o‘tkazilib borilayotganligi, ularda ishtirok etish talabalarga bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari va salomatligi uchun ham foydali bo‘lishi haqida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, institut rektori har bir talabani, biznes loyihasi bilan tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishni istagan yoshlarni ham albatta, qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Shundan so‘ng, institut rektori talabalarning bugungi kunda ishga joylashish ko‘rsatkichlari bilan tanishdi. Bugungi kunda talabalar sohani rivojlantirishda qanday yangiliklar ustida ishlayotganliklari, loyihalari haqida ma’lumotlarni tingladi. Mas’ullarga loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha imkoniyatlarni o‘rganish borasida topshiriqlar berdi.

Muloqot davomida talabalar ishga joylashish borasidagi savollariga mas’ullardan batafsil javob oldi.

adti.uz
Would like to send you notifications