alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

REKTOR VA TALABALAR UCHRASHUVI

12:41 20.04.2021

Ilmiy kengashlar zalida rektor va talabalar uchrashuvi o‘tkazildi. Unda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor M. Botirov ham ishtirok etdi. Institut rektori M. Madazimov suhbat davomida o‘qish jarayonlari, darslarning sifati, har bir talaba o‘tkazilayotgan tanlovlarda faol qatnashishlari, g‘olib bo‘lgan yoshlar munosib rag‘batlantirilib borishi to‘g‘risida ta’kidlab o‘tdi. M. Botirov esa talabalar o‘quv binosi va jamoat joylarida karantin qoidalariga qat’iy amal qilishlari lozimligini bildirdi.

O‘z o‘rnida talabalar ham sport zali va talabalar turar joyidagi imkoniyatlar xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Ayniqsa, ARM badiiy va ilmiy adabiyotlar bilan boyitilayotganligidan mamnun ekanliklarini izhor etdilar.  Shuningdek, ular darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish borasida sport turlari bo‘yicha turli musobaqalar tashkil etish tashabbusini o‘rtaga tashladilar. Talabalarning taklifi rektor tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!