Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Davolash, Pediatriya va Stomatologiya fakultetlarining talabalari bilan uchrashuv olib bordi. Unda prorektorlar, fakultet dekanlari, ularning o‘rinbosarlari hamda tyutorlar ishtirok etdi.
Suhbat jarayonida institut rektori talabalarning darslarga o‘z vaqtida qatnashishlari va kiyinish madaniyatiga rioya etishlari haqida aytib o’tdi. Shuningdek, hayotiy tajribalaridan kelib chiqqan holda talabalarga kerakli tavsiyalar berdi.
Uchrashuv yakunida mavzu yuzasidan talabalarning ham fikr-mulohazalari tinglandi va ularni qiziqtirgan mavzular bo‘yicha savol-javoblar o‘tkazildi.