Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Talabalar turar joyida tyutorlar va talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarni mazmunli tashkil etishga ko‘maklashish, ularni fan to‘garaklariga jalb qilish, dars mashg‘ulotlarini o‘z vaqtida o‘zlashtirishga yo‘naltirish, odob-axloq va kiyinish madaniyati kabi masalalarga alohida e’tibor berildi.
Talabalarning kitob mutolaasi bilan doimiy tarzda shug‘ullanishlari hamda bugungi kunda dolzarb hisoblangan axborot texnologiyalarini bilishlari va o‘z navbatida undagi noto‘g‘ri va asossiz ma’lumotlarga qarshi immunitet hosil qilishlari zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, institut rektori talaba-yoshlar o‘z tengdoshlariga ham hurmat va e’tiborda bo‘lishlari eng yaxshi fazilatlardan ekanligini aytib o‘tdi. Yakunda, tadbir ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar taqdim etildi.