“REKTOR VA TALABALAR” UCHRASHUVI DAVOM ETMOQDA – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“REKTOR VA TALABALAR” UCHRASHUVI DAVOM ETMOQDA

14:07 03.04.2024

Xabaringiz bor joriy hafta davomida Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Davolash fakulteti talabalari bilan uchrashib, ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Navbatdagi uchrashuvda fakultetning 4-bosqich talabalari ishtirok etdi.


Uchrashuv talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari, darslar davomida olgan bilimlarini doimiy tarzda mustahkamlab borish yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlarida muhim ahamiyatga ega ekanligi, qo‘shimcha mashg‘ulotlar uchun institutda yaratilgan sharoitlar haqida suhbat o‘tkazildi.
Shuningdek, mamlakatimizda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ayniqsa, oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari bandligini taʼminlash, yosh mutaxassislarning samarali faoliyat olib borishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish boʻyicha keng koʻlamli ishlar olib borilayotgani, bu borada institutda ham ko‘plab ishlar amalga oshirilayotgani alohida qayd etildi.


Uchrashuvda rektor talabalarga axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi muhim ekanligi, yetarli darajadagi xorijiy til bilish sertifikatiga erishish orqali qo‘shimcha stipendiya olishlari mumkinligi haqida aytib o‘tdi. Shuningdek, xorijiy tillarni o‘rganish, xalqaro miqyosda bilimlarini mustahkamlash, malaka oshirish imkonini yaratishi yuzasidan tavsiyalar berildi.


Hozirgi kunda institutning qator xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorligi yo‘lga qo‘yilganligi va bu orqali o‘qituvchilar hamda talabalarning xorijda o‘z bilim va malakalarini oshirish imkoniyatini yaratishi haqida so‘z yuritdi.
Uchrashuv davomida Sog‘liqni saqlash vazirligining 88-sonli buyrug‘i bilan tanishtirildi. Odob-axloq, kiyinish madaniyatiga rioya qilish yuzasidan muhim tavsiyalar berildi. Shu bilan birga ijtimoiy tarmoqlardan unumli foydalanish ishonchli va rasmiy bo‘lmagan kanallarni kuzatishda ogoh bo‘lish, turli yolg‘on hamda aldovlarga ishonib qolmaslik muhimligi ta’kidlandi.

Skip to content Click to listen highlighted text!