REKTOR VA TALABALAR UCHRASHUVI: DUAL TA’LIM – KELAJAK POYDEVORI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

REKTOR VA TALABALAR UCHRASHUVI: DUAL TA’LIM – KELAJAK POYDEVORI

11:25 24.03.2026

Bugun, 24-mart kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon viloyati hududiy filialida dual ta’lim asosida tahsil olayotgan talabalar hamda klinik ordinatorlar bilan uchrashib, ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, akademik mobillik dasturlari, xorijiy tillarni o‘rganishning ahamiyati, kafedralarda ta’lim sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, joriy yil 24-fevral kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvida belgilab berilgan ustuvor vazifalar alohida ta’kidlab o‘tildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-son qarori mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o‘tildi. Mazkur hujjatning mazmun-mohiyati, uning yoshlar hayotidagi o‘rni va ahamiyati batafsil tushuntirib berildi. Qaror asosida oliy ta’lim muassasalarida “Kelajakka qadam” markazlarining hududiy bo‘linmalarini tashkil etish orqali bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash, ularni o‘zini-o‘zi band qilishga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlashda qo‘llab-quvvatlash kabi muhim vazifalar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Bugungi kunda faqat nazariy bilim emas, balki amaliy ko‘nikmalar ham muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi.

Talabalarga zamonaviy mehnat bozorida raqobatbardosh, malakali mutaxassis bo‘lib yetishish uchun bilim va amaliyotni uyg‘unlashtirish zarurligi uqtirildi.

Shu jihatdan institutda joriy etilgan dual ta’lim tizimi yoshlar uchun mustahkam tajriba maktabi bo‘lib xizmat qilayotgani alohida e’tirof etildi.

Skip to content