Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov institutda tahsil olayotgan fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari past, davomati yaxshi bo‘lmagan talabalar bilan uchrashdi.
Talabalardan dastlab, nima sababdan darslarga o‘z vaqtida qatnasha olmayotganliklari, qanday muammolar borligi haqida so‘raldi. Shundan so‘ng, talabalarga institutning odob-axloq kodeksiga har bir talaba va xodimlar rioya qilishi zarurligi haqida aytib o‘tildi. Shuningdek, ta’lim sifatini oshirish va davomatni yaxshilash uchun har bir talaba hamda o‘qituvchilar birdek harakat qilishlari muhim, natijador ekanligi aytib o‘tildi.
Qolaversa, institut rektori yurtimizda talaba-yoshlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishlari uchun bugungi kunda oladigan bilimlari dasturulamal bo‘lishini va bu ishga astoydil kirishishlari zarurligini ta’kidladi.
Yig‘ilish yakunida talabalar tomonidan aytilgan muammolarni o‘rganish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.