REKTOR VA TALABALAR UCHRASHUVI: TA’LIM VA KELAJAK MASALALARI MUHOKAMA MARKAZIDA – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

REKTOR VA TALABALAR UCHRASHUVI: TA’LIM VA KELAJAK MASALALARI MUHOKAMA MARKAZIDA

13:16 23.03.2026

Bugun, 23-mart kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov turli kafedralarda tahsil olayotgan talabalar bilan bevosita muloqot olib borib, ularning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari bilan yaqindan tanishdi.

Xususan, onkologiya kafedrasida tashkil etilgan uchrashuv Davolash hamda xorijiy fakultetlarning 5-bosqich talabalari hamda ordinatorlar ishtirokida samimiy va ochiq muloqot tarzida o‘tdi. Ordinatorlar va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish, ta’lim jarayoni va kelgusidagi faoliyatlariga doir masalalar yuzasidan bevosita rahbariyatdan javob olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-son qaroriga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur hujjatning mazmun-mohiyati, uning yoshlar hayotidagi o‘rni va ahamiyati batafsil tushuntirib berildi. Qaror asosida oliy ta’lim muassasalarida “Kelajakka qadam” markazlarining hududiy bo‘linmalarini tashkil etish orqali bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash, ularni o‘zini-o‘zi band qilishga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlashda qo‘llab-quvvatlash kabi muhim vazifalar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, bugungi kunda nafaqat nazariy bilim, balki amaliy ko‘nikmalar ham katta ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi. Talabalarga zamonaviy mehnat bozorida o‘z o‘rnini topa oladigan, raqobatbardosh va malakali mutaxassis bo‘lib yetishish uchun bilim va amaliyotni uyg‘unlashtirish zarurligi uqtirildi. Shu nuqtai nazardan, institutda joriy etilgan dual ta’lim tizimi alohida ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.

Uchrashuv doirasida dual ta’lim asosida olib borilayotgan dars jarayonlari ham bevosita o‘rganildi. Amaliy mashg‘ulotlarning sifati, ularning samaradorligi hamda talabalar bilimini mustahkamlashdagi o‘rni tahlil qilinib, tegishli tavsiyalar berildi. Bu esa ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Skip to content