Institutimizda xorijlik talabalarning sifatli va samarali ta’lim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ayniqsa, ularning darsdan bo‘sh vaqtlariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
Syed akbar shah 1-bosqich talabasi. U darsdan bo‘sh vaqtlarida sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanadi. Ana shunday tashabbuskor yoshlar bilan institutimiz rektori M. Madazimov ochiq suhbat olib bordi. Shuningdek, suhbatda viloyat hokimligining kotibiyat mudiri E. Xolmirzayev, “Uztelekom” aloqa kompaniyasi, viloyat gaz ta’minotiining vakillari ham ishtirok etdilar.
Muloqot davomida talabalar o‘z takliflari bilan o‘rtoqlashdilar. Suv, gaz, internet borasidagi ayrim kichik kamchilik bir hafta mobaynida hal etiladigan bo‘ldi.
Uchrashuv davomida o‘zimizning talabalar bilan ham davra suhbati tashkil etildi. Unda yoshlar o‘qish va darsdan bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazish borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar. Mutaxassislar tomonidan ularning takliflari qo‘llab-quvvatlandi.