Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

REKTOR VA TYUTORLAR UCHRASHUVI O‘TKAZILDI

17:49 23.10.2023

Bugun, 23-oktabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov institutda faoliyat yuritib kelayotgan tyutorlar bilan ushrashdi.

Uchrashuvda tyutorlar faoliyati talabalar bilan ishlashda juda katta ahamiyatga ega ekanligi, ularning odob-axloqi, kiyinish madaniyatiga rioya qilishlarida tushuntirish ishlari olib borish va bu masdalada avvalo murabbiy sifatida o‘rnak bo‘lishlari muhimligi ta’kidlandi.

 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 88-sonli “Tibbiyot xodimlarining odob-axloq Kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i va undan joy olgan yo‘nalishlar bilan tanishtirildi. Talabalarni institut ichki tartib qoidalariga rioya qilishlari, darslarga o‘z vaqtida qatnashishlari muhimligi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borish zarurligi aytib o‘tildi.

 

Tyutorlarni talabalar bilan ishlashda faol bo‘lish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga ko‘maklashish, respublika va xalqaro miqyosdagi tanlov va olimpiadalarga keng jalb etish yuzasidan tavsiyalar berildi. Qolaversa,talabalarni internetdan foydalanishda ehtiyotkorlik qoidalariga rioya qilishlari, turli salbiy axborotlarni qabul qilishda ma’lumotlarning ishonchliligini tekshirishlari yuzasidan ogohlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!