alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

REKTOR VA YOSHLAR OCHIQ MULOQOTI O’TKAZILDI

13:20 19.12.2023

Bugun, 19-dekabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida “Yoshlar forumi” doirasida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida institut foyesida Axborot resurs markaziga keltirilgan yangi adabiyotlar taqdimoti va ko‘plab yutuqlarga erishgan talabalarning “Muvaffaqiyat” ko‘rgazmasi namoyish etildi. Institut rektori, ustozlar va talabalar ushbu ko‘rgazma bilan tanishdi.

Bir vaqtning o‘zida ochiq muloqot ikkita auditoriyaga jonli translyatsiya qilindi. Unda 500 nafardan ziyod talabalar ishtirok etdi.

Uchrashuvda institut rektori, professor M.Madazimov ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, oliygohda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, imtiyoz va shart-sharoitlar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Shuningdek, ushbu imkoniyatlardan samarali foydalangan holda qator yutuqlarga erishib kelayotgan yoshlarni alohida e’tirof etdi.

Shundan so’ng, Xitoyning Hangjou shahrida bo‘lib o‘tgan Para Osiyo o‘yinlarining suzish bahslarida S13 klassida 100 metr masofaga batterflay usulida suzishda oltin medalni qo‘lga kiritgan Davolash fakulteti Kasb ta’limi yo‘nalishi 4-bosqich 415-guruh talabasi Tursunxo‘jayev Muzaffar Shuxratillo o‘g‘li hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezident va nomdor davlat stipendiyalari sohiblari institut rektori tomonidan e’tirof etildi hamda ushbu talabalar pul mukofoti, ularning ota-onalari esa tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Uchrashuv davomida talabalar bilan savol-javoblar o’tkazildi va takliflar tinglandi. Unda ayrim taklif va muammolar joyida ijobiy yechim topdi.

Shuningdek, ushbu tadbirda Xalq deputatlari Andijon viloyat kengashi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkiloti va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash fond rahbari viloyat kengashi deputati Z.Ismoilova, “Adolat” demokratik partiyasi “Ayollar qanoti” raisi M.Musayeva ishtirok etib, o’z fikr-mulohazalari bilan o’rtoqlashdi.

 

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!