Talabalar ayni damda qishki taʼtilda. Ularni qachon oʻqishni boshlanishi, talabalar turar joyiga joylashish, oʻtkazilayotgan onlayn tanlovlar, oʻquv jarayonlarining qay tarzda davom etishi borasidagi savollar oʻylantirayotgani tabiiy.
Bu kabi savollarga javob berish maqsadida “Rektor va yoshlar” onlayn muloqoti oʻtkazildi. Unda institut rektori M.Madazimov hamda prorektorlar, fakultet dekanlari va ularning oʻrinbosarlari ishtirok etdi.
Muloqotda qatnashgan talabalar oʻzlari qiziqtirgan savollariga rahbarlar tomonidan batafsil javob oldilar.