alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI” – ISHLASH ISTAGINI BILDIRGAN TALABALARNING XOHISHI QONDIRILADIGAN BOʻLDI

21:36 05.03.2022

Talabalar turar joyida Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov yoshlar bilan uchrashuv olib bordi.

Suhbatning bosh maqsadi Prezidentimiz tomonidan oliy taʼlim muassasalari talabalari bandligini taʼminlash orqali ularning turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilab berilgan vazifalar va talabalarga yaratilgan imkoniyatlar boʻldi. Xususan, institut rektori Davlatimiz rahbari tomonidan OTMlar hududida pullik oʻquv kurslari, sport toʻgaraklari va boshqa xizmatlarni tashkil etgan talabalar daromad soligʻidan ozod qilinishi, talabalarning oliygohlar hududidagi loyihalari uchun kredit resurslari ajratilishi, istisno tariqasida, oliy taʼlim tizimidagi lavozimlarga talabani bilim va salohiyatidan kelib chiqib ishga joylashtirishga ruxsat etilishi, ilmiy loyiha guruhlari tarkibining kamida 40 foizini talabalar hisobidan shakllantirishiga topshiriq bergani va talabalar uchun yana boshqa bir qator sharoitlar yaratilishi haqida maʼlumot berib oʻtdi.

Shundan soʻng rektor yoshlarning qiziqishlari va kelajakdagi maqsadlari bilan oʻrtoqlashdi. Bugungi kunda darsdan soʻng turli shifoxonalarda amaliyot jarayonlarini oʻtash barobarida faoliyat olib borayotgan talabalar bilan suhbatlashdi va ularga qanday yordam kerakligi, bu borada qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi.

Ishlash istagini bildirgan, ayniqsa, ehtiyojmand oila farzandlarining fikrlari bilan tanishdi. Ularning qoʻshimcha daromad topishlari, ishlashlari uchun sharoitlar yaratilishiga toʻxtaldi. Mazkur talabalarning roʻyxatini shakllantirish boʻyicha fakultet dekanlari va ularning oʻrinbosarlariga topshiriqlar berdi.

Shuningdek, institut rektori sport zali va mini futbol arenasidagi sharoitlarni yana bir koʻzdan kechirdi. Sport bilan shugʻullanayotgan talabalar bilan ham suhbatlashdi. Ularga yana qanday sport anjomlari va toʻgaraklar tashkil etilishi kerakligi borasidagi takliflarini tingladi va bu borada sport murabbiylariga qator vazifalarni belgilab berdi.

Oʻtkazilgan uchrashuv davomida barcha talabalarning fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi. Ayrim talabalarni qiynayotgan muammolar hal qilindi. Rektor tomonidan doimiy tashkillanayotgan bunday uchrashuvlar yuqori samara berayotgani, bunday yaqinlik va gʻamxoʻrlikdan talabalar minnatdorlik bildirdilar.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!