Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Kasbiy ta’lim yo‘nalishining 2-3–bosqich talabalari bilan uchrashuv olib bordi. Unda prorektorlar, xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, fakultet dekani va uning o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
Suhbat davomida tibbiy ta’limni rivojlantirish, o‘qish davomida nazariy va amaliy jarayonlarda faol ishtirok etish, bo‘sh vaqtlarni mazmunli o‘tkazish, internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish, institutda kiyinish madaniyatiga amal qilish kabi mavzularga alohida e’tibor qaratildi.
O‘z o‘rnida talabalarning ham dars jarayonlaridagi fikr-mulohazalari va muammolari tinglandi. Ularning tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanib, bu bo‘yicha mas’ullarga kerakli topshiriqlar berildi.