Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Tibbiy profilaktika yo‘nalishining talabalari bilan uchrashuv olib bordi. Unda prorektorlar, fakultet dekani va uning o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
Suhbat davomida tibbiy ta’limni rivojlantirish, o’quv yili yakunlari bo’yicha imtihonlarga jiddiy tayyorgarlik ko’rish, bo‘sh vaqtlarni mazmunli o‘tkazish, internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish, institutda kiyinish madaniyatiga amal qilish kabi mavzularga alohida to’xtalib o’tildi.
Uchrashuv so’nggida talabalarning ham tashabbuslari, muammolari tinglanib, ijrosi bo’yicha mas’ul rahbarlarga kerakli topshiriqlar berildi.