Xabaringiz bor bugun, 26-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “Stomatologiyaning dolzarb muammolari. Nazariyadan amaliyotga” mavzusida xorijlik mutaxassislar ishtirokida stomatologiya va yuz-jagʻ jarrohligi boʻyicha ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Mazkur anjuman doirasida institutimizga tashrif buyurgan xorijlik mutaxassislar bilan institut rektori M.Madazimov uchrashdi va hamkorlik masalalarida suhbat olib bordi.
Uchrashuvda Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti Stomatologiya fakulteti dekani, dotsent T.Abakarov, Rossiya stomatologiya assotsiatsiyasining Stomatologiyada onkologik skrining bo‘limi raisi o‘rinbosari, yuz-jag‘ jarrohi I.Kryajinova hamda Toshkent davlat stomatologiya instituti t.f.n. dotsent M.Dadaboyeva ishtirok etdi.
Suhbat davomida tomonlar sohani yanada rivojlantirish, bo‘lajak mutaxassislarda zamonaviy tibbiyot texnologiyalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish borasida mahorat darslari o‘tkazish masalalari yuzasidan fikr almashdi. Yakunda mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.