
Andijon davlat tibbiyot institutida talabalarining sifatli taʼlim olishlari bilan bir qatorda yashash sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Talabalar turar joyi hududidagi 400 o‘ringa mo‘ljallangan bino qayta qurib bitkazilmoqda. Institut klinikasi hududida esa 2 ta Davlat xususiy sherikchiligi asosidagi Talabalar turar joyi qurilmoqda.
Mazkur bino 2 ta 400 oʻrinli, jami 800 oʻringa moʻljallangan holda qad rostlamoqda. Ushbu Talabalar turar joylarida hozirda qurilish ishlari avj pallada davom etmoqda.
Bugun, 11-iyun kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori Madamin Madazimov mazkur turar joylarda jadal surʼatlarda olib borilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganishlar natijasida rektor mas’ullarga amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan kerakli tavsiya va topshiriqlarni berdi.