REKTORNING 1-BOSQICH TALABALARI BILAN UCHRASHUVI DAVOM ETMOQDA – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

REKTORNING 1-BOSQICH TALABALARI BILAN UCHRASHUVI DAVOM ETMOQDA

16:54 20.09.2024

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Stomatologiya fakulteti, Fundamental tibbiyot yo’nalishi va Oliy hamshiralik ishi yo‘nalishining 1-bosqich talabalari bilan uchrashdi. Unda shuningdek, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Xolmatova, Rektor maslahatchisi X.Zokirov, Stomatologiya fakulteti dekani F.O‘rinov va talabalar ishtirok etdi.

Suhbat avvalida institut rektori talabalik baxtiga muyassar bo’lgan yoshlarni tabriklab, yangi o‘quv yilida ularga ulkan zafarlar tiladi.

  • Talabalik katta hayot ostonasi, uni samarali va muvaffaqiyatlarga boy o‘tkazish insonning o‘ziga bog‘liq. O‘z ustida tinmay mehnat qilgan, harakatda bo‘lgan, darslarni qoldirmay faol ishtirok etgan talabalar, albatta kelgusida yetuk mutaxassis bo‘la oladi, shu bilan bir qatorda Davlat mukofotlari, nomdor stipendiya sohiblariga aylanadi, institut tomonidan ham rag‘batlantiladi. Buning uchun esa sizlardan o‘qish, izlanish talab etiladi xolos,- deya institut rektori talabalarga motivatsiya berdi.

Shuningdek, suhbat davomida yoshlarga har bir talabada shaxsiy elektron kutubxona bo‘lishi, bu borada esa institut axborot-resurs markazida barcha sharoitlar mavjud ekanligi, darslarda axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish, chet tillarni mukammal o‘zlashtirish, muassasada rus va ingliz tili to‘garaklari tashkil etilgani, talabalar darslarda o‘z ma’ruza va taqdimotlari namoyishini chet tillarida olib borishsa qo‘shimcha ballar bilan rag‘batlantirilishi haqida ham ta’kidlab o‘tildi. Suhbat so‘nggida yoshlarga institut tartib qoidalari, kiyinish madaniyati, ustozlar va tengdoshlarga bo‘lgan hurmatni oshirish, darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, Talabalar turar joyida tashkillangan fan, sport, kasb-hunar to‘garaklarida ishtirok etish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol bo‘lish borasida ham so‘z olib borildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!