Respondentlar soʻrovi davlat tilida oʻtkaziladi – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Respondentlar soʻrovi davlat tilida oʻtkaziladi

06:21 13.12.2024

Aholini roʻyxatga olish sanasida Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi, lekin aholini roʻyxatga olish sanasida uning hududidan tashqarida boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari- Respondentlar hisoblanadi.

Respondentlar  soʻrovi  davlat  tilida  oʻtkaziladi.  Davlat  tilini bilmaydigan  respondentlar  ona  tilida  yoki  erkin  ravishda  tanlangan muloqot tilida soʻrovdan oʻtkazilishi mumkin. Roʻyxatga  olish  varaqlari  roʻyxatga  oluvchi  xodimlar  tomonidan respondentlarning soʻzlari asosida toʻldiriladi. Aholini  roʻyxatga  olishni  oʻtkazish  muddati  ichida  yashash  (turgan) joyida hozir boʻlmagan yoki voyaga yetmagan shaxslar boʻlgan respondentlar toʻgʻrisidagi shaxsga doir maʼlumotlar ular uy xoʻjaligining voyaga yetgan aʼzolari  tomonidan  maʼlum  qilinadi.  Oʻziga  nisbatan  vasiylik  yoki homiylik  belgilangan  shaxslar  toʻgʻrisidagi  shaxsga  doir  maʼlumotlar ularning vasiylari yoxud homiylari tomonidan maʼlum qilinadi. Respondent roʻyxatga olish varagʻidagi savollarga javob berishni rad etgan taqdirda roʻyxatga olish varagʻi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridagi  yoki  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlaridagi  mavjud maʼlumotlar asosida toʻldiriladi. Aholini  roʻyxatga  olish  dasturida  nazarda  tutilmagan  savollar boʻyicha shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish taqiqlanadi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!